2 Chainz | |
---|---|
![]() 2 Chainz 2017-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
12-sentyabr 1977-yil College Park, Georgia, AQSh |
Janrlar | Hip hop |
Faoliyat yillari | 1997 – hozirgacha |
Fuqaroligi |
![]() |
Veb-sayt | 2chainz.com |
Tauheed K. Epps (talaffuzi: Tauhid K. Epps; 1977-yil 12-sentyabrda tugʻilgan)[1][2] 2 Chainz nomi ostida tanilgan amerikalik rapperdir. U Jorjiya shtatining College Park shahrida tugʻilib oʻsgan boʻlib, Earl „Dolla Boy“ Conyers bilan birgalikda Playaz Circle nomli hip hop janrida kuylovchi duoning aʼzosi oʻlaroq tanilgan. Keyinchalik, duo amerikalik rapper Ludacris tomonidan asos solingan Disturbing tha Peace studiyasi bilan shartnoma imzoladi hamda debyut singli boʻlmish „Duffle Bag Boy“ (Lil Wayne bilan birgalikda ijro etilgan) bilan shuhrat qozondi.