Muallif(lar) |
Hojiakbar Shayxov Tohir Hobilov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | ilmiy fantastika |
Nashr etilgan sanasi | 1972 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Sahifalar soni | 152 |
„7-SER“ („7-siljuvchi elektron robot“) – oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov hamda jurnalist Tohir Hobilov yozgan ilmiy-fantastik qissa va hikoyalar toʻplami. 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Shayxovning yetti hikoyasi hamda Hobilovning „Hikmat afandining oʻlimi“ qissasi kiritilgan.
„7-SER“ Shayxov oʻz adabiy karyerasining ilk yillarida yozgan asarlardan biridir. Tanqidchi va adabiyotshunos Pirmat Shermuhamedov „7-SER“ qissasini salbiy baholagan. Xususan, Shermuhamedov „Adib robotning tuzilishi, oʻziga xos ishlash usuli, Farhodning hayratlanishi haqida maʼlumotlar berish bilan cheklanib qolgan“, deb yozgan[1][2].
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()