„A Day in the Life“ | |
---|---|
The Beatles qoʻshigʻi | |
„Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band“ albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 26-may, 1967-yil[1] |
Yozib olingan | 19-20-yanvar va 3-, 10-, 22-fevral 1967-yil |
Studiya | EMI, London |
Janr | |
Davomiyligi | 5:35 |
Leybl |
|
Matn muallif(lar)i | Lennon–McCartney |
Prodyuser(lar) | George Martin |
Klipi | |
„A Day in the Life“ YouTubeda |
„A Day in the Life“ (tarjimasi „Hayotdagi bir kun“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1967-yil eʼlon qilingan „Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band“ nomli studiyaviy albomiga yakuniy trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq muallifi oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan boʻlsa-da, soʻzini asosan John Lennon yozgan, Paul McCartney esa tarona oʻrtasidagi misralarni yozgan. „A Day in the Life“ musiqa tarixidagi eng muhim asarlardan biri boʻlib, bir necha eng yaxshi qoʻshiq roʻyxatiga kiritilgan.
Lennon qoʻshiq matnini asosan gazetalardagi xabarlar, jumladan, „Guinness“ pivo shirkati vorisi Tara Browne haqidagi xabarlarga tayanib yozgan. Qoʻshiqda qisman avant-garde uslubida improvizatsiya qilingan ikki orkestr glissando qismi bor. Qoʻshiqning oʻrta qismida McCartney yoshligini, xususan, avtobusda yurgan, tamaki chekkan hamda maktabga borgan paytlarini xotirlaydi. Ikkinchi crescendodan keyin musiqa tarixidagi eng taniqli akkordlardan biri yangraydi. Mazkur akkord bir necha klavishli asbobda chalingan boʻlib, 40 soniyadan oshiqroq vaqt mobaynida yangraydi.
„Seni qoʻzgʻatishni xohlagan boʻlardim“ (inglizcha: I'd love to turn you on) misrasi giyohvand moddalarga ishorat oʻlaroq qabul qilingan, shuning uchun dastlab BBC qoʻshiqni efirga uzatishni man qilgan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, Jeff Beck va Barry Gibb hamda „The Fall“ va „Phish“ guruhlari kaver qilgan. „THX“ film shirkatining keng tanilgan „Deep Note“ (tarjimasi „chuqur nota“) audio treydmarki „A Day in the Life“ qoʻshigʻi asosida yaratilgan.