Abxaz tili | |
---|---|
Milliy nomi | Аԥсуа бызшәа |
Mamlakatlar | Abxaziya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 113,000 (1993) |
Turkumlanishi | |
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ab |
ISO 639-2 | abk |
ISO 639-3 | abk |
Abxaz tili – Abxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga kiradi. Abxaz tilida 70 mingdan koʻproq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy dialekti – abjuy (adabiy tilga asos boʻlgan) va bzib bor. Abxaz tilida undosh fonemalar juda koʻp. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lugʻatidagi koʻp soʻzlar bir boʻgʻinli oʻzakdan iborat. 19- asrning 60-yillarqdan Abxaz tili yozuvini yaratish uchun intilishlar boʻldi. 1862-yilda P. K. Uslar Abxaz tili uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926-yilda u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi bilann almashtirildi. Abxaz tili. 1928-yildan lotin, 1938-yildan gruzin, 1954-yildan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga koʻchdi.[1][2]