Adivi Sesh

Adivi Sesh

Adivi Sesh (2022-yil)
Tavalludi
Adivi Sesh Sunny Chandra

17-dekabr 1984-yil (1984-12-17) (40 yosh)
Haydarobod, Andhra Pradesh (hozirgi Telangana), Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktyor
  • Direktor
  • Ssenariy yozuvchi
Faoliyat yillari 2002-yildan – hozirgacha

Adivi Sesh Sunny Chandra (1984-yil 17-dekabrda tugʻilgan) hindistonlik aktyor, rejissyor va ssenariy yozuvchi boʻlib, asosan telugu tilidagi filmlarda rol ijro etadi. Sesh Haydarobodda tugʻilgan va Kaliforniyaning Berkli shahrida oʻsgan.[1] U 2010-yilda "Karma" filmida bosh aktyor va rejissyor sifatida birinchi debyut ishini boshlagan. Panjaa (2011), Balupu (2013) va Baaxubali: Muqaddima (2015) filmlarida salbiy rollarni oʻynagan. Soʻng Adivi Sesh Sunny Chandra Kshanam (2016), Ami Thumi (2017), Gudachari (2018), Evaru (2019), Mayor (2022) va HIT (2022) filmlarida oʻynagan rollari muvaffaqiyatga erishgan. Adivi Sesh eng yaxshi ssenariy uchun IIFA Telugu mukofotini va Kshanam filmidagi ssenariysi uchun Nandi mukofotini qoʻlga kiritdi.[2]

  1. „Happy birthday Adivi Sesh! Here is all you need to know about Telugu cinema's James Bond“. The New Indian Express. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  2. Adivi Sesh is a lucky guy, 14 May 2015. Qaraldi: 2015-yil 14-may. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne