Ajdodlarimiz qismati

Ajdodlarimiz qismati
Asl nomi La Guerre du feu
Muallif(lar) J.-H. Rosny (toʻngʻich)
Tarjimon(lar) Xayrulla Ergashev
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1911
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1974
Sahifalar soni 184

„Ajdodlarimiz qismati“ (fransuzcha: La Guerre du feu, yaʼni „Olov uchun kurash“) — fransuz yozuvchisi J.-H. Rosny qalamiga mansub tarixiy roman. Ilk bor 1909-yil nashr qilingan. Alohida asar sifatida esa 1911-yil chop etilgan.

Asardagi hodisalar qadim zamonda sodir boʻladi. Romanning asosiy qahramonlari ibtidoiy odamlar boʻlib, asarda ularning olovni oʻzlashtirish uchun qilgan kurashi haqida hikoya qilinadi. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga Xayrulla Ergashev tarjima qilgan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne