Asl nomi | La Guerre du feu |
---|---|
Muallif(lar) | J.-H. Rosny (toʻngʻich) |
Tarjimon(lar) | Xayrulla Ergashev |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1911 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Sahifalar soni | 184 |
„Ajdodlarimiz qismati“ (fransuzcha: La Guerre du feu, yaʼni „Olov uchun kurash“) — fransuz yozuvchisi J.-H. Rosny qalamiga mansub tarixiy roman. Ilk bor 1909-yil nashr qilingan. Alohida asar sifatida esa 1911-yil chop etilgan.
Asardagi hodisalar qadim zamonda sodir boʻladi. Romanning asosiy qahramonlari ibtidoiy odamlar boʻlib, asarda ularning olovni oʻzlashtirish uchun qilgan kurashi haqida hikoya qilinadi. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga Xayrulla Ergashev tarjima qilgan.