Akkolada (fransuzcha: „accolade“ — qavs bilan bogʻlash) — ikki yoni bir necha nota yoʻlidagi ijroni koʻrsatuvchi qavs.
Fortepianoda oʻng va chap qoʻl ijrosiga moʻljallab yozilgan asar 2 nota yoʻlida akkolada bilan birlashtiriladi. Simfonik orkestrdagi torli-kamonli cholgʻu asboblar partiyalari 4 nota yoʻliga yoziladi. Bundan tashqari yogʻoch va mis puflama cholgʻu asboblar ham guruhlarga boʻlinib, qavs bilan birlashtiriladi[1][2].