![]() Saqlanib qolgan qoʻlyozmaning koʻrinishi | |
Asl nomi | المفرد الأدب |
---|---|
Muallif(lar) | Imom al-Buxoriy |
Mamlakat |
![]() |
Til | arabcha |
Janr(lar)i | hadislar toʻplami |
Sahifalar soni | 202 |
ISBN | ISBN 978-1872531182 |
Al-adab al-Mufrad (arabcha: الأدب المفرد) — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriy qalamiga mansub inson xulqini takomillashtirish haqidagihadislar toʻplami[1][2][3].
Kitobda Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning odob-axloqi toʻgʻrisida hadislar bor. Asardan umumiy 1322 hadis joy olgan.[4] Ushbu kitob Imom al-Buxoriyning boshqa kitobi - „Al-Jome as-Sahih“ hadislar toʻplamining soyasida qolgan deyiladi. Musulmon ulamolari oʻrtasida al-Jome 'as-Sahih va Sahihi Muslim, Islomning Qur’ondan keyingi eng haqiqiy kitoblari ekanligi toʻgʻrisida yakdil fikr mavjud[5].
Garchi al-Adab al-Mufrad oʻzining muhim asari boʻlgan boʻlsa-da, Imom al-Buxoriy al-Adab al-Mufrad ichidagi hadislarning oʻzi uchun qoʻygan Al-Jome as-Sahihdek juda qattiq va qatʼiy haqiqiylik shartlariga javob berishini talab qilmagan. Biroq, hadis zanjirlarini al-Adab al-Mufrad ichida tushuntirgan, sharhlagan yoki izlab topgan va tasniflagan keyingi olimlarning asarlariga asoslanib, undagi rivoyatlarning aksariyati sahih yoki hech boʻlmaganda kuchsiz deb topilgan[6].