Al-Amir bi-ahkamillah | |||||
---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||
Fotimiy xalifaligining Imomi | |||||
Saltanat | 1101–1130 | ||||
Oʻtmishdoshi | al-Mustaʼliy | ||||
Davomchisi | |||||
Tugʻilishi |
31-dekabr 1096 Misr, Fotimiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
7-oktyabr 1130-yil (33 yoshda) Qohira, Fotimiylar xalifaligi | ||||
Farzandlari | al-Toyyib | ||||
| |||||
Sulola | Fotimiy | ||||
Otasi | al-Mustaʼliy |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
![]() |
![]() |
Abu Ali al-Mansur ibn al-Mustaʼliy ((arabcha: أبو علي المنصور بن المستعلي); 1096-yil 31-dekabr – 1130-yil 7-oktyabr), Al-Amir bi-ahkamillah (الآمر بأحكام الله) nomi bilan tanilgan, 1101-yildan 1130-yilda yaʼni vafotigacha hukmronlik qilgan oʻninchi Fotimiylar xalifasi va shia tariqatining Mustaʼliy ismoiliy yoʻnalishidagi 20-imom.
Al-Amir besh yoshida otasi al-Mustaʼliyning oʻrniga oʻtiradi. Hukmronligining dastlabki yigirma yilida al-Amir oʻzining amakisi va qaynotasi, Fotimiylar davlatini boshqargan va avvalgi al-Mustaʼliy kabi al-Amirni saroyga qamab qoʻygan vazir al-Afdal Shahanshohning qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻladi. 1121-yil dekabrda al-Afdal ismoillikning Nizoriy yoʻnalishi tarafdorlari tomonidan oʻldiriladi. Oʻrta asrlarga oid baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bu oʻlimda al-Amir va al-Afdalning bosh kotibi al-Maʼmun al-Batoyihiy ayblangan. Al-Amir va al-Batoyihiy al-Afdalning oʻgʻillaridan biri merosxoʻrlikka daʼvogar boʻlishining oldini olish uchun tezda harakat qiladilar. Al-Afdal va uning oʻgʻillarini qamoqqa tashlaydilar, u toʻplagan barcha xazinalar xalifa saroyiga olib kelinadi. Al-Batoyihiy yangi vazir etib tayinlanadi, ammo al-Amirning hukumatdagi roli ortib boradi va ommaviy marosimlarda doimiy ishtirok eta boshlaydi. Nihoyat, 1125-yilda al-Amir al-Batoyihiyni ishdan boʻshatib, qamoqqa tashlaydi va shunday keyin vazirsiz hukmronlik qiladi.
Al-Afdal va al-Batoyihiyning Falastindagi salibchilarga qarshi bir necha bor amalga oshirgan harbiy harakatlariga qaramay, al-Amir hukmronligi davrida Ashkelondan tashqari Levantdagi Fotimiylarga tegishli qirgʻoq qal’alarining barchasi qoʻldan keta boshlaydi. Al-Amir Yamanning Sulayhid podsholigi bilan munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiladi va 1122-yilda Mustaʼliy yoʻnalishi al-Hidaya al-Amiriyya bayonotida Nizoriyning qonuniylik daʼvolarini rad etadi. Uning 1130-yilda Nizoriy tarafdorlari tomonidan oʻldirilishi va faqat goʻdak oʻgʻli at-Toyyibni merosxoʻr qilib qoldirilishi, Fotimiylar orasida merosxoʻrlik uchun kurash rivojlanishiga sabab boʻladi. Bu davrga kelib, Fotimiylar sulolasi parokanda boʻlishni boshlaydi. 1132-yilda al-Amirning amakivachchasi al-Hofiz voris sifatida eʼlon qilinishi bilan Fotimiylar hukmronligi qayta tiklanadi, bu esa Mustaʼliy ismoiliyligiga qarama-qarshi Hofiziy va Toyyibiy tarmoqlarining alohida ajralib chiqishiga sabab boʻladi.