Ali Hamroyev | |
---|---|
Tavalludi |
19-may 1937-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | rejissor va ssenariychi |
Ali Ergashevich Hamroyev (1937-yil, 19-may, Toshkent) — taniqli oʻzbek rejissori, ssenariychisi va aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). Hamroyev 1960- va 1970-yillarda olgan filmlari bilan SSRIda shuhrat qozongan.[1] Ali Hamroyev shu kungacha 30 dan oshiq hujjatli film va 20 dan oshiq badiiy film yaratgan.[2]
Hamroyevning eng mashhur filmlari „Yor-Yor“ (1964), „Soqchi“ (1972) va „Vodilik kelin“ (1984) filmlaridir. Hamroyevning „Bo Ba Bu” (1998) filmi koʻplab Yevropa mamlakatlarida namoyish qilingan. 2010-yil Hamroyev oʻzining yangi filmida Jek Nikolson Amir Temur rolini oʻynashga rozi boʻlganini eʼlon qildi.[3]