Alisher Uzoqov

Alisher Uzoqov
Tavalludi 25-avgust 1984-yil (1984-08-25) (40 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissor, qoʻshiqchi va futbolchi
Faoliyat yillari 2001–bugun

Alisher Uzoqov (25-avgust 1984-yilda tugʻilgan) – oʻzbek film aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi[1] Uzoqov 2009-yil olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozonadi. Undan keyingi yillarda aktyor bir necha kinokomediyada rol ijro etdi. Uzoqov faoliyati davomida bir necha qoʻshiqlar ham kuylagan.

Uzoqov oʻzini rejissor sifatida ham sinab koʻrdi. U hozirgacha uch filmga, yaʼni „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Endi dadam boʻydoq?“ (2012) hamda „Kuzda gullagan daraxt“ (2015) filmlariga rejissorlik qildi. 2013-yil aktyor filmlarda boshqa rol ijro etmasligini eʼlon qildi[2], lekin undan keyingi yillarda bir necha filmda rol oʻynadi.

Alisher Uzoqov 2012-yildan beri Futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi ligasida bellashuvchi „Istiqlol“ futbol klubida oʻynab keladi. 2016-yil u Andijon viloyati futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi[3].

  1. „Alisher Uzoqov“ (Russian). Kinopoisk. Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  2. „Is Alisher Uzoqov Planning on Quitting Acting?“ (Uzbek). RFE/RL's Uzbek Service. 18-sentabr 2013-yil. Qaraldi: 10-oktabr 2014-yil.
  3. „Alisher Uzoqov is the First Vice President of the Andijan Province Football Federation“ (Uzbek). Championat Asia (27-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 22-fevral 2016-yil.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne