Allegretto (italyancha: „allegretto“ — tezroq) — 1) oʻrtacha tezlikdagi musiqa sur’ati koʻrsatkichi. Allegro va Andante oʻrtasidagi tezlik belgisi boʻlib, qisqartirib all-to shaklida ham yoziladi[1];
2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi[2]. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida, koʻproq, sur’at sifatida ishlatiladi: Ikrom Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), Sulaymon Yudakovning „Maysaraning ishi“ operasidagi Hidoyatxon qoʻshigʻi va boshqa[3].