Amfibiya odam

Amfibiya odam
Asl nomi Человек-амфибия
Muallif(lar) Aleksandr Belyayev
Tarjimon(lar) Nizom Komilov
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 1928
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1970

„Amfibiya odam“ (ruscha: Человек-амфибия) – rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif romanni 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil „Вокруг света“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham oʻsha yili nashr qilingan.

„Amfibiya odam“ni oʻzbek tiliga Nizom Komilov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „KETS yulduzi“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan. 1989-yil „Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ toʻplamida qayta nashr qilingan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham qururlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir. Shuningdek, bir suz bilan aytganda qo'pol, bo'lsada, yashash tarzi qurbaqa singari bo'ladi.Xo'sh nima uchun qurbaqa singari? Chunki qurbaqa ham, quruqlikda ham, suvda yashay oladi Ixtiandr buning yaqqol misoli. Bialogiyaga nazar soladigan, bo'lsak qurbaqalarni amfibiyal deb atashadi.[1]

  1. „Maqola“. News of the NUUz. 1-jild, № 1.5.2. 2024-08-27. 54–56-bet. doi:10.69617/nuuz.v1i1.5.2.2332. ISSN 2181-7324. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne