Amirzoda maqbarasi | |
---|---|
![]() Amirzoda maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti № 603 |
Turi | Maqbara |
Meʼmoriy uslubi | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Joylashuvi | Samarqand, Oʻzbekiston |
Manzili | Shohi Zinda koʻchasi 1-uy |
Texnik holati | |
Material | Pishiq gʻisht |
Amirzoda maqbarasi |
Amirzoda maqbarasi – Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-asr). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi maʼ-lum boʻlmasada, shartli ravishda Amirzoda maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda Amirzodaning oʻlgan yiligina (1386) koʻrsatilgan. Maqbaraning asosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (10x9,2 m). Poygum-baz sakkiz qirrali, gumbazi qobirgʻali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi oʻziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz osti-dagi ravoqchalar bezagi sodda.[1]