Amplituda

1 – Amplituda

Amplituda (lotincha: amplitudo – kattalik, miqdor) – muayyan qonunga muvofiq tebranayotgan kattalikning nol qiymatidan eng katta ogʻishi. Masalan, mayatnikning muvozanat holatdan ogʻishi, oʻzgaruvchan elektr tokida tok kuchi va elektr kuchlanishi qiymatlarining ogʻishi va hokazo. Boshqacha aytganda, amplituda tebranish qulochini ifodalaydi. Tebranayotgan kattalik yarim tebranish davrida bir marta eng yuqori qiymatga erishadi. Garmonik tebranishlarda amplituda oʻzgarmaydi: u doimiy bir xil qiymatga ega boʻladi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne