Muallif(lar) | bir necha |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | iqtisod |
Nashr etilgan sanasi | 1981 |
Nashriyot | AQSH Maʼlumot agentligi |
„An Outline of the American Economy“ (tarjimasi „Amerika iqtisodi qiyofasi“), keyingi nashrlar „An Outline of the U.S. Economy“ (tarjimasi „AQSH iqtisodi qiyofasi“) deb ataladi — AQSH iqtisodi haqidagi kitob. Ilk bor 1981-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. 2000-yildan boshlab kitobning yangi nashrlari AQSH Davlat departamentining Xalqaro maʼlumot dasturlari byurosi (inglizcha: Bureau of International Information Programs) tomonidan chop etib kelinadi.
Turli nashrlarni turli shaxslar, jumladan, Robert L. McCan, William H. Peterson, Stewart Ramsey, Christopher Conte va Albert R. Karr[1] va Peter Behrlar yozgan. Kitobda AQSH iqtisodi tarixi, hozirgi holati va jahon iqtisodida tutgan oʻrni haqida hikoya qilinadi. Asardan xorij mamlakatlarida AQSH iqtisodi haqidagi darslarda qoʻshimcha material oʻlaroq foydalanish tavsiya qilingan[2].
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires |magazine=
(yordam)CS1 maint: date format ()