Andorra konstitutsiyasi din erkinligini taʼminlaydi va hukumat hozirga vaqtda ushbu qonunni qoʻllab quvvatlaydi. Mamlakatda rasmiy davlat dini yoʻq, ammo Konstitutsiya Rim-katolik cherkovi bilan alohida munosabatlarni tan oladi, u baʼzi imtiyozlarga ega boʻlsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalarsiz, boshqa diniy guruhlarga kira olmaydi[1].
Andorra aholisi 82 887 kishi (2020-yil holatiga koʻra). Andorra mamlakati aholisining 80 % ga yaqini katolik diniga eʼtiqod qiladi[2]. Ularning homiysi Merixelning xonimidir[1]. Uning sharafiga 8-sentabr kuni mamlakatda milliy bayram oʻtkaziladi[1]. Andorrada yana 17,5% protestanizm va yana 2% aholi esa dinsiz hisoblanadi, Andorra davlati aholisining 0,5% esa boshqa din vakillari sanaladi.
Aholisi asosan Ispaniya, Portugaliya va Fransiyadan kelgan muhojirlardan iborat boʻlgan Andorra mamlakatida toʻliq fuqarolar umumiy sonining 36 % dan kamrogʻini tashkil qiladi. Immigrantlar ham asosan katoliklardir. Hisob-kitoblarga koʻra, katoliklarning yarmi cherkovga faol boʻlib boradi.
Katoliklardan tashqari, mamlakatda xristian dinining boshqa vakillari ham isteʼqomat qiladi: Jumladan, Anglikan, Yangi Apostol cherkovlari, shuningdek, Iso Masihning Soʻnggi zamon avliyolari cherkovi va Iegova guvohlari ham Andorra mamlakatida keng tarqalgan[3].
Kichik musulmon jamoasi asosan Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlardan tashkiltopgan[3]. Mamlakatda hindu va bahoiylarning kichik jamoasi ham mavjud[4][5]. Andorrada yashovchi 100 ga yaqin yahudiylar yahudiylikni ham isteʼqomat qiladi va Andorra mamlakati ushbu dinni ham tan olgan[6].