Angara | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 779 |
Maydoni | 1 040 000 km² |
Suv sarfi | 4 518 m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Rossiya |
Angara |
Angara (buryatcha: Ангар мүрэн[1], evenkcha: Аӈара) — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo.
Yeniseyning eng sersuv irmogʻi. Uzunligi 1779 km. Havzasining maydoni 1,040 ming km². Baykal koʻlidan oqib chiqadi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 5100 m³/sek. Quyi oqimida oktabr- noyabrda, Bratsk suv omborida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. Angaraning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. Angarada Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ishlab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). Angara boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pristanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. Angarada baliq koʻp.