Arap masjidi

Masjid
Arap masjidi
turkcha: Arap Camii
Oʻng tarafda joylashgan shodirvon bilan masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Beyoʻgʻlu tumani
Manzil Qorakoʻy mahallasi, Galata
Koordinatalar 41°01′27.552″N 28°58′15.744″E / 41.02432000°N 28.97104000°E / 41.02432000; 28.97104000
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub gotika
Binokorlik 13231325
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Arap masjidi (turkcha: Arap Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Qorakoʻy mahallasida joylashgan masjid. Bino dastlab 1325-yilda Dominikan rohiblari tomonidan Avliyo Paulga bagʻishlab Rim-katolik cherkovi sifatida 1233-yilda qurilgan oldingi ibodatxona yaqinida yoki tepa qismida qurilgan (italyancha: San Paolo)[1]. Usmonlilar imperiyasi davrida masjidning tuzilishiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa-da, ushbu masjid Istanbulda saqlanib qolgan, oʻrta asrlarda gotika uslubida yaratilgan yagona inshoot hisoblanadi.

Cherkov 1475—1478-yillarda Usmonlilar imperiyasi tomonidan Sulton Mehmed II Fotih davrida masjidga aylantirilgan va Galata masjidi nomi bilan mashhur boʻlgan. Keyinchalik, bino Sulton Boyazid II tomonidan 1492-yilda ispan inkvizitsiyasidan qochib, Istanbulning Galata mahallasiga (shuning uchun uning hozirgi nomi Arab masjidi) joylashib olgan al-Andaluslik musulmon qochqinlarga berilgan.

  1. Müller-Wiener (1977), p. 79

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne