Arbil | |
---|---|
Shahar | |
36°11′28″N 44°0′33″E / 36.19111°N 44.00917°E | |
Mamlakat | Iroq |
Hukumat | |
• Hokim | Omed Khoshnaw |
Avvalgi nomlari | Arbairā, Arbailu |
Maydon | 115 km2 (44 kv mi) |
Markazi balandligi | 390 m |
Rasmiy til(lar)i | arabcha |
Aholisi (2022) |
1 612 700 |
Zichligi | 10435 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Etnoxoronim | Hawleri |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | 066 |
Pochta indeks(lar)i | 44001 |
|
Arbil (arabcha: أربيل Arbīl,[1], shuningdek Hawler (kurdcha: ھەولێر ,Hewlêr[2] suryoniycha: ܐܲܪܒܹܝܠ,[3] yoki Arbel, turkcha: Erbil)[4] — Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek tarixiy manbalarda shahar Arbel nomi bilan ham uchraydi.[5] Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1,600,000 atrofida deya taxmin etiladi[6].
Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Arbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan[7]. Shahar markazida qadimiy Arbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumot Shumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shahar Ossuriya tomonidan bosib olingan[8][9].
Gutiylar tomonidan bosib olingandan soʻng Arbil miloddan avvalgi XXI asrdan miloddan avvalgi VII asrning oxirigacha Ossuriya podsholigining ajralmas qismiga aylangan va Ossuriya yilnomalarida Urbilim, Arbela va Arba-ilu kabi turlicha nomlar bilan maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng shahar bir qancha imperiyalar, shu jumladan, Midiya imperiyasi, Ahamoniylar davlati, Makedoniya imperiyasi, Salavkiylar davlati, Parfiya va Sosoniylar davlatining geosiyosiy ajralmas bir boʻlagi boʻlgan. Musulmonlar Forsni fath qilganidan soʻng, shahar endi eski mavqeini saqlab qola olmadi va oʻrta asrlarda Saljuqiylar imperiyasi va Usmonlilar imperiyasi tomonidan boshqarildi[10].
Arbil arxeologiya muzeyida islomgacha boʻlgan asarlar, xususan Mesopotamiya sanʼatining katta kolleksiyasi mavjud boʻlib, ushbu yer mintaqadagi arxeologik loyihalar markazi hisoblanadi. Shahar Arab Turizm Kengashi tomonidan 2014-yilda Arab turizm poytaxti sifatida eʼlon qilingan[11]. 2014-yil iyulda Arbil qal’asi Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[12].