Artist (fransuzcha: „artiste“ — bilimdon; lotincha: „ars“, „artista“ — kasb, hunar, sanʼat) — dramatik spektakl, kinoda rollar, opera va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi[1][2]. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuritiladi. Keng maʼnoda sanʼatning muayyan sohasidagi ijodkor (sozchi, ashulachi)[3].