Ashraf Xotakiy

Shoh Ashraf Xotakiy
شاه اشرف هوتک
Afgʻoniston amiri
Saltanat Gilzoyi hokimligi: 1725–1729
Coronation 1725
Oʻtmishdoshi Mahmud Xotakiy
Davomchisi Husayn Xotakiy
Tugʻilishi tax. 1700
Qandahor viloyati, Safaviylar davlati
Vafoti tax. 1730
Balujiston (tarixiy viloyat), Gilzoyi hokimligi[1]
Dafn etilgan joy
Uy Xotakiylar sulolasi
Otasi Abdulaziz Xotakiy[2]
Dini Sunniylik
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "oʻtmishdoshi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "vafot_joyi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "tasvir"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "tasvir_eni"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "davomchisi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "toʻliq nomi"

Shoh Ashraf Xotakiy (pushtuncha / forscha: شاه اشرف هوتک, 1730-yilda vafot etgan), Shoh Ashraf Gilzoyi (شاه اشرف غلجي) ismi bilan ham mashhur, Abdulaziz Xotakiyning oʻgʻli, Xotakiy sulolasining toʻrtinchi hukmdori. Gilzoyi pushtunlaridan boʻlgan afgʻon, u qattiq tanazzulga yuz tutgan Safaviy forslariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan paytda Mahmud Xotakiy qoʻshinida qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan. Ashraf Gulnobod jangida ham qatnashgan. 1725-yilda amakivachchasi Mahmudni oʻldirgandan soʻng qisqa muddat taxtga oʻtirdi va Fors shohi boʻldi.

Mir Vays Xotakiyning jiyani, uning saltanati oʻsha davrning ikki buyuk davlati turk, rus va fors qoʻshinlari tomonidan kuchayib borayotgan tazyiqlar ostida xotak qabilalari hukmronligining toʻsatdan tanazzulga uchrashi bilan eʼtiborga olindi[4].

Ashrafxon rus va turk hujumlarini toʻxtatadi. U Isfahonga kirib kelayotgan Usmonli qoʻshinini Kirmonshohda magʻlubiyatga uchratadi. Usmonlilar oʻzining sobiq ashaddiy raqibi safaviylarni qaytadan taxtga keltirish niyatida bu yurishni boshlagan edi. Bu esa Ashrafning elchisi oʻz xojasini Sharq xalifasi, Usmonli sultonini Gʻarb xalifasi ekanligini taʼkidlagandan keyin Bobi Oliy bilan tinchlik muzokaralari oʻtkazilishiga olib keldi. Muzokara Usmonlilarning qattiq noroziligiga olib keldi, biroq 1727-yilning oktyabrida Usmonli diplomatiyasining ustunligi tufayli nihoyat tinchlik bitimi (Hamadon shartnomasi) imzolandi[5].

Shoh Ashraf davridagi Xotakiy imperiyasining xaritasi

Oxir-oqibat, Nodir boshchiligidagi shoh Tahmasp II (shoh Sulton Husaynning oʻgʻillaridan biri) qirollik fors qoʻshini 1729-yil oktyabrda „Domgʻon jangi“ nomi bilan mashhur boʻlgan hal qiluvchi jangda Ashrafning gilzoyi qoʻshinlarini magʻlub etib, afgʻonlarni quvgʻin qilib, oʻz yurti, hozirda Afgʻoniston deb ataladigan oʻlkaga qaytardi[4].

  1. „Welcome to Encyclopaedia Iranica“.
  2. Vogelsang, Willem. The Afghans. Wiley Blackwell, 2002 — 224-bet. ISBN 0-631-19841-5. Qaraldi: 2010-yil 22-avgust. 
  3. Mujtaba, Bahaudin Ghulam; Sayed Tayeb Jawad. Afghanistan: Realities of War and Rebuilding. Ilead Academy, 2006 — 10-bet. ISBN 978-0-9774211-1-4. Qaraldi: 2010-yil 22-avgust. 
  4. 4,0 4,1 „AN OUTLINE OF THE HISTORY OF PERSIA DURING THE LAST TWO CENTURIES (A.D. 1722–1922)“. Edward Browne. London: Packard Humanities Institute. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
  5. Jonas Hanway, The Revolutions of Persia (1753), p.254.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne