Ashuro (arabcha: عَاشُورَاء, ʿĀshūrāʾ') islomda xotirlash kunidir. Har yili islom taqvimining birinchi oyi Muharram oyining 10-kuniga toʻgʻri keladi. Shia musulmonlari orasida ashuro kuni 680-yilda Karbalo jangida boshi judo qilingan Husayn ibn Alining (Muhammadning nabirasi) vafoti munosabati bilan keng miqyosli motam namoyishlari orqali nishonlanadi[1]. Sunniy musulmonlar orasida Ashuro bayrami roʻza tutish orqali nishonlanadi[2]. Husaynning oʻlimi sunniylar tomonidan ham katta fojia sifatida baholangan boʻlsa-da, motamning ochiq namoyishlari oʻziga xos harakatga qarab yo toʻxtatiladi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlanadi[3].
Shia jamoalarida Ashuro marosimlari odatda guruhli yurishlarda oʻtkaziladi va yigʻlash va ziyorat qilishdan tortib, oʻzini oʻzi urish va koʻkrak urish kabi turli xil marosimlar bilan birga keladi[4]. Sunniy jamoalarda Muhammad (s.a.v) hadislari asosida uch davra roʻza tutiladi: Ashuro kunidan oldingi kuni, Ashuro kuni va Ashuro kunidan keyingi kun; Ashuro kuni roʻza tutish farz boʻlmasada, qattiq targʻib qilinadi[5][6]. Marokash va Jazoir kabi mamlakatlardagi xalq anʼanalarida Ashuro kuni maxsus taomlar, gulxanlar yoki karnavallar bilan nishonlanadi, garchi bu amaliyotlar diniy idoralar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa ham[7].