Audrey Hepburn | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Audrey Kathleen Ruston 4-may 1929-yil |
Vafoti |
20-yanvar 1993-yil (63 yoshda) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktrisa |
Mukofotlari |
Audrey Hepburn (4-may 1929-yil — 20-yanvar 1993-yil) ingliz film aktrisasidir. „Eng yaxshi aktrisa“ (inglizcha: Best Actress) nominatsiyasida Oscar (Akademiya) mukofoti bilan taqdirlangan.[1][2]
U Ikselda, Bryussel viloyatida tug'ilgan va bolaligi va yoshligini asosan Niderlandiyada o'tkazgan. Arnhemda, fashistik Germaniya tomonidan okkupatsiya qilingan davrda, u baletga o'qidi. 1948-yilda Londonga ko'chib o'tib, mahalliy teatrlarda raqqosa sifatida ish boshladi. Bir necha Yevropa filmlarida suratga tushganidan keyin, uni Brodvey sahnasidagi "Jiji" qo'yilishi uchun bosh ro'lga tanladilar. 1952-yilda Xepbern "Rim ta'tili" (1953) filmida bosh ayol rolini o'ynab, bu rol uchun "Oskar" mukofotini qo'lga kiritdi.[1] Shuningdek, u "Oltin globus" va BAFTA mukofotlarini ham qo'lga kiritgan.[2] 1954-yilda u "Undina" Brodvey qo'yilishidagi roli uchun "Toni" mukofotini qo'lga kiritdi.
Xepbern eng koʻp maosh oluvchi kinoaktrisalardan biri bo'lib, Gregori Pek, Reks Xarrison, Keri Grant, Entoni Perkins, Genri Fonda, Gari Kuper, Uilyam Xolden, Fred Aster, Piter O'Tul va Albert Finni kabi aktyorlar bilan birga ishlagan. U "Sabrina" (1954), "Monaxinya tarixi" (1959), "Tiffanidagi nonushta" (1961) va "Qorong'u tushgunga qadar kut" (1967) filmlari uchun "Oskar" mukofotiga nomzod bo'lgan va "Monaxinya tarixi" (1959) va "Sharada" (1963) filmlari uchun BAFTA mukofotini qo'lga kiritgan. "Qorong'u tushgunga qadar kut" filmida suratga tushgandan so'ng, u ikki o'g'lini tarbiyalash uchun uzoq vaqt davomida kino olamini tark etdi. Keyingi filmi "Robin va Merian" (1976) bo'lib, oxirgi filmi esa Stiven Spilbergning "Hamisha" (1989) filmi bo'ldi.
1988-yilda Xepbern UNICEFning xalqaro xayrixohlik elchisi bo'lib, Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoning eng nochor hududlaridagi bolalar muammolariga e'tibor qaratib faoliyat ko'rsatdi. 1992-yil dekabrida Xepbern UNICEFdagi faoliyati uchun Prezidentning Erkinlik medali bilan taqdirlandi. U "Oskar", "Emmi", "Gremmi" va "Toni" mukofotlarini olgan shaxslar ro'yxatiga kiradi.
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content