Baday

Baday – urugʻ nomi. Asosan Xiva xonligi hududida yashab, Amudaryo boʻylarida chorvachilik bilan shugʻullangan. XIX asrning birinchi choragida Surxon vodiysiga, Bekoboddan Zomin dashtlarigacha tarqalgan. Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani shimoli-gʻarbida, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida uzinligi 20 km, eni 4–5 km boʻlgan toʻqayni hozir ham Badaytoʻqay deyishadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne