Balans

Balans (lotincha balanx) — biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim boʻlgan tomonlari (mas, daromadlar va harajatlar) oʻrtasidagi nisbatlarning miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi, daromadlar va harajatlar balansi, toʻlov balansi va boshqa balanslar mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne