Bank deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit- hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi. Banklar paydo bo'lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tu- zumlarda banklarning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.Bank» italyancha «banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i, «pulli stol» ma’nosini anglatadi. 0‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo‘yib hisob-kitob qilishgan. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii», deb atalgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «banco rotto», ya’ni bankrot, deb atashgan. Demak, bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» ham italyancha «banca» so‘zidan olingan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich bosqichi XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar, asosan, o‘z mijozlari — savdogar- larga xizmat qilgan.