Bardaa

Barda

Bərdə
Shahar
40°22′28″N 47°07′36″E / 40.37444°N 47.12667°E / 40.37444; 47.12667
Mamlakat Ozarbayjon
Hukumat
Markazi balandligi 76 m
Rasmiy til(lar)i ozarbayjon tili
Aholisi
 (2010)
41 277[1]
Vaqt mintaqasi UTC+4:00
Telefon kodi +994 2020
Barda xaritada
Barda
Barda

Bardaa (ozarbayjoncha: Bərdə, arabchadan — egar; armancha — Partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-yildan). Qorabogʻ tekisligidagi Terter daryosi boʻyida. Yevlax temir yoʻl stansiyasidan 26 km janubda. Yevlax — Agʻdam avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yogʻ-sir va temir-beton buyumlari zavodlari, tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan milodiy 4-asrda ham mavjud boʻlgan. 5-asrda bir muncha vaqt Perozapat (ehtimol sosoniy shohlaridan Peroz yoxud Feruz nomidan olingan boʻlsa kerak) deb atalib Kavkaz Albaniyasining poytaxti boʻlgan. 6-asr oʻrtasida koʻchmanchilarning tez-tez hujumlari natijasida alban katolikoslarining qarorgohi oʻrta asr Chol shahridan Bardaaga koʻchirilgan.

8- asr boshida butun Albaniya kabi Bardaani ham arablar fath qilgan. Hosildor tekislikda, Sharq karvon yoʻllari kesishgan joyda joylashgan Bardaa yirik savdo-hunarmandchilik shahriga aylangan. Bardaaning mudofaa devori, xandaqi, tosh koʻpriklari, timlari boʻlgan. 10-asrda saluriylar, soʻngra shimoldan kelgan ruslar tomonidan egallangan. Harbiy harakatlar natijasida tanazzulga yuz tutgan. 13-asr 1-yarmida moʻgʻullar istilosidan soʻng qishloqqa aylangan. Bardaa shahar harobasi — Ozarbayjondagi hozirgi Bardaa shahridan bir necha km masofada joylashgan. Bardaada naxichevanlik meʼmor Ahmad tomonidan 1322-yil qurilgan gʻishtin maqbara (diametri 10 m, balandligi 14 m) saqlanib qolgan.

  1. World Gazetteer: Azerbaijan [sayt ishlamaydi] — World-Gazetteer.com

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne