Batna

Batna — Jazoirning shim.-sharqidagi shahar, Batna viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 182 ming kishi (1987). Savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik fabrikasi, teri oshlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharga 1844-yil asos solingan. Shahar yaqinida qad. Rim davriga oid Timgad shahri harobalari saqlangan.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne