![]() | |
![]() | |
Turi | Qo'shma korxona |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Qachon asos solingan | 8-avgust, 2005-yil[1] |
Hududiy xizmati | China |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar |
Vebsayti | bbac.com.cn |
Beijing Benz (rasmiy Beijing Benz Automotive Co., Ltd) — Xitoyning Pekin shahrida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi BAIC Motor va Daimler AG qoʻshma korxonasi xisoblanadi.[2][3]
U 1984-yilning yanvar oyida[4] Xitoyning Pekin shahridagi BAIC Motor kompaniyasi va Amerikaning Michigan shtatida joylashgan Amerikan Motors Corporation (AMC) bilan qoʻshma korxona tashkil etilgan va kompaniyaga Pekin Jeep Corporation nomi berilgan. Bu Gʻarb kompaniyalar bilan Xitoy kompaniyalarining birinchi avtomobil ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonasi edi. 1987-yilda AMC kompaniyasi Chrysler kompaniyasi tomonidan sotib olinganiga qaramay oʻz faoliyatini davom ettiraveradi, biroq 1998-yilda Germaniyaning Daimler-Benz AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi Chrysler kompaniyasi bilan birlashganda soʻng, 2005-yilda AMC hamkorlikni tugatiladi.
2010-yilning mart oyida Jeep kompaniyasi GAC Fiat kompaniyasi boshqaruvi ostida Xitoy bozoriga qaytdi va kompaniya 2015-yildan boshlab Jeep Cherokee (K4) avtomobilini Changsha zavodida ishlab chiqara boshladi. 2018-yilda Jeep Commander / Jeep Grand Commander (K8) Changsha zavodida yigʻish uchun qoʻshilgan va bu avtomobil Xitoy bozorining eksklyuziv modeli xisoblanadi. 2016-yildan boshlab Jeep Compass (M4) va Jeep Renegade (BQ) Guangjouda ishlab chiqarilmoqda.
1987-yildan 1988-yilgacha Mercedes kompaniyasi birinchi boʻlib FAW (Birinchi avtomobil zavodlari) bilan qisqa muddatli qoʻshma korxonada ish olib borgan, bu yerda 828 dona Mercedes-Benz (W123) 200 va 230E Lang avtomobil modellari ishlab chiqarilgan, ularning aksariyati CKD toʻplamlaridan qilingan.[5] Keyinchalik 2005-yil avgust oyida kompaniya qayta tashkil etildi, buning natijasida Mercedes-Benz Xitoy bozoriga Beijing Benz dab tanishtirildi va 2005 —-yil dekabrida oʻzining birinchi Mercedes-Benz E-Class avtomobilini ishlab chiqargan.
2016-yildan boshlab, Beijing Benz Mercedes-Benz E-Class (uzun gʻildirak bazasiga ega boʻlgan avtomobil) va C-Class avtomobil modellarini Xitoyda yigʻdi va soʻng ishlab chiqara boshladi.[6]
Pekin bilan bir qatorda , Fujian provinsiyasining Fujian shahrida 2007-yilda tashkil etilgan Fujian Benz nomli shoʻba korxonasi mavjud boʻlib, 2011-yil aprel oyidan bu yerdaMercedes-Ben Vito va 2011-yil noyabr oyida Mercedes-Ben Sprinter kabi yengil tijorat transport vositalari ishlab chiqarilgan. Viano modeli Vito bilan bir oyda boshlanib, 2015-yil aprelda ishlab chiqarishi toʻxtatildi. 2016-yilning mart oyida V-Class avtomobillari ishga tushirilgan.