„Beliye rozi“ | |
---|---|
„Laskoviy may“ guruhi qoʻshigʻi | |
B tomon | „Sedaya noch“ |
Chiqarilgan sanasi | 1989 |
Yozib olingan | 1988 |
Janr | yevro disko |
Davomiyligi | 05:48 |
Leybl | Melodiya |
Matn muallif(lar)i | Sergey Kuznetsov |
Bastakor(lar) | Sergey Kuznetsov |
Klipi | |
„Beliye rozi“ YouTubeda |
„Beliye rozi“ (ruscha: Белые розы, yaʼni „Oq atirgullar“) – „Laskoviy may“ sovet guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini ham, musiqasini hamda Sergey Kuznetsov yozgan. Qoʻshiq bugunga qadar Rossiyada hamda qoʻshni respublikalarda mashhur boʻlib keladi. Qoʻshiqni bir necha rossiyalik hamda xorijlik xonanda kaver qilgan.
Sovet markaziy televideniyesida „Beliye rozi“ qoʻshigʻi uchun olingan klip birinchi marta 1989-yilning yanvar oyida „Utrennyaya pochta“ dasturi davomida namoyish etilgan. Klip 1988-yil oxirida suratga olingan boʻlgan. Qoʻshiq birdaniga shuhrat qozongan: „Laskovy May“ guruhi bir zumda sensatsiyaga aylangan, guruh qoʻshiqlari butun Sovet Ittifoqi boʻylab yangray boshlagan[1]. 2009-yilda „Perviy kanal“ telekanalining „DOstoyanie RYespubliki“ dasturi tomoshabinlari „Beliye rozi“ qoʻshigʻini xalq mulki deb topgan.
1980-yillar yakunida qoʻshiq Polshada ham keng ommalashgan. 2008-yil yangi yil arafasida taniqli xonanda Natasha Urbanskaya „Beliye rozi“ qoʻshigʻini ijro etishi ortidan ashula mamlakatda yangidan shuhrat qozongan.
Qoʻshiqni Kuznetsov 1986-yil ichkilikka mukkasidan berilganida yozgan, degan taxmin mavjud. Yaʼni, „Laskoviy may“ solisti Yuriy Shatunov qoʻshiqni ilk bor ijro etgan paytida 13 yoshda boʻlgan. Kuznetsovning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqda „oq atirgullar“ bilan boshqalar tomonidan foydalanilganidan keyin, tashlab qoʻyilgan odamlar nazarda tutilgan. Kuznetsov qoʻshiqni „Laskoviy may“ guruhining ilk sahnaga chiqishi ortidan bir kun oʻtib, 15 daqiqa ichida yozganini aytgan. 2013-yilda u qoʻshiqning qizil rangli ruchka bilan yozilgan ilk qoʻlyozmasi saqlanib qolganini taʼkidlagan[2].