Bernard Lewis | |
---|---|
| |
Tavalludi |
31-may 1916-yil |
Vafoti |
19-may 2018-yil (101 yoshda) Voorhees Township, New Jersey, AQSH |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik[1][2][3] |
Bernard Lewis (talaffuzi: Bernard Lyuis) (31-may 1916-yil — 19-may 2018-yil) — britaniyalik-amerikalik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. Lewis Islom dini tarixi va musulmon mamlakatlar bilan gʻarbiy mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha qator asar yozgan. U Yaqin Sharqni oʻrgangan eng taniqli gʻarb olimlaridan biri hisoblanadi.[4]
Bir necha siyosatchi, jumladan AQShning 43-prezidenti George W. Bush Lewisdan maslahat olib ish tutgan.[5] Lewis oʻzining „From Babel to Dragomans“, „The Assassins: A Radical Sect in Islam“ va boshqa qator asarlari bilan shuhrat qozongan.