Bill Gates | |
---|---|
![]() Gates 2017-yilda | |
Tavalludi |
William Henry Gates III 28-oktyabr 1955-yil Seattle, Vashington, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Taʼlimi | Harvard universiteti (tashlab ketgan) |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1972 – hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Melinda French Gates [1](turm. 1994; ajr. 2021) |
Bolalari | 3 |
Otasi | Bill Gates Sr. |
Onasi | Mary Maxwell |
Veb-sayti | gatesnotes.com |
Imzosi | |
![]() |
William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan[2][3]. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan[4] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.[5]. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.
Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan[6]. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan[7][8].
Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.
Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi[9][10].