„Birinchi muhabbatim“ | ||||
---|---|---|---|---|
Sherali Joʻrayev qoʻshigʻi | ||||
„Uzbekskiye narodniye pesni“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1971 | |||
Janr | anʼanaviy musiqa | |||
Davomiyligi | 6:09 | |||
Leybl | „Melodiya“ | |||
Matn muallif(lar)i | Abdulla Oripov | |||
Bastakor(lar) | Sherali Joʻrayev | |||
„Uzbekskiye narodniye pesni“ xronologiyasi | ||||
|
„Birinchi muhabbatim“ — oʻzbekistonlik xonanda Sherali Joʻrayev ijro etgan qoʻshiq. Matni oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼrdan olingan qoʻshiq kuyini 1968-yilda[manba kerak] Joʻrayevning oʻzi bastalagan. Tarona 1971-yil Joʻrayevning yana toʻrt boshqa qoʻshigʻi bilan bir qatorda „Uzbekskiye narodniye pesni“ (ruscha: Узбекские народные песни) plastinkasiga kiritilgan[1]. Plastinkaga yozib olish jarayonida Ahmad Odilov dutor, A. Nabiyev esa doira chalgan.
„Birinchi muhabbatim“ Joʻrayev repertuaridagi eng yaxshi tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Ammo Joʻrayevning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq eʼlon qilganidan keyin „Yosh leninchi“ gazetasida xonanda qoʻshiq qilishga arzimaydigan sheʼrni kuyga solgani ta'kidlanib, tanqid qilingan. Qoʻshiq 1970-yillar boshida Toshkentda talabalar orasida ommalashgan.
Oripovning „Birinchi muhabbatim“ sheʼrini Otajon Xudoyshukurov ham kuyga solgan. Dastlab sheʼr muallifi qashqadaryolik Oripov ekani, uni andijonlik Joʻrayev bastalagani uchun ushbu ikki viloyatlik talabalar aynan Joʻrayev versiyasini koʻproq tinglagan, qoraqalpogʻistonlik va xorazmlik talabalar esa Xudoyshukurov ijrosidagi versiyani tinglagan[2].
Oripov oʻz sheʼrini Joʻrayev kuy qilib ijro etganiga qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga javoban: „Men endi Sherali bilan koʻrishmayman. Sherali bizlarni pisand ham qilmaydi-ku. Gaplashmayman ham, bilmayman ham. Sheʼrimizni qoʻshiq qilib aytib yuradi“, — degan.