Bolgarlar yoki bulgʻorlar[1][2][3] (bolgarcha: българи)[4][5] — etnik guruh, Bolgariyaning asosiy aholisi (6 million kishi), Bolgarlar yana Turkiya (351-600 ming), Germaniya (310 ming), Ukraina (204-500 ming), Moldova (52 ming), Rossiya (24 ming) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Bolgarlarning mumiy soni 9 million kishi boʻlib[6][7][8], ular asosan bolgar tilida gaplashadilar. Ular Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi islom dinida. Bolgarlarning etnogenezida frakiyaliklar, Bolqon yarim orolga 6—7-asrlarda koʻchib kelgan slavyanlar hamda Qora dengiz boʻyi dashtlaridan Asparux boshchiligida kelgan qad. turkiy elat protobolgarlar asosiy rol oʻynaganlar. 8—9-asrlarda slavyan va protobolgar etnik guruhlari bir-biri bilan yaqinlashib va bolgar etnik kelib chiqishi hosil boʻlgan slavyan tili va madaniyati bilan. Bolgarlar run, polyan, bolqon, shon kabi etnik guruhlarga boʻlinadi.