[1]Bosh miya (cerebrum) yoki oxirgi miya (telencephalon) miyaning katta qismi boʻlib, tarkibiga bosh miya poʻstlogʻi (bosh miya yarimsharlarining) va gippokamp, bazal oʻzaklar va [[hidlov piyozchasi]] kabi bir qancha subkortikal tuzilmalar kiradi. Odam miyasida, bosh miya markaziy nerv sistemasining eng yuqori sohasidir. Prosensefalon yoki oldingi miya embrional tuzilma boʻlib, undan bosh miya prenatal rivojlanadi. Sutemizuvchilarda, dorsal telensefalon, yoki pallium, bosh miya poʻstlogʻiga rivojlanadi va ventral telensefalon, yoki subpallium, bazal oʻzaklarga aylanadi. Bosh miya shuningdek tahminan simmetrik chap va oʻng bosh miya yarimsharlariga boʻlinadi.
Bosh miya miyacha ishtirokida odam tanasidagi barcha ixtiyoriy harakatlarni boshqaradi.