Boshqirdiston (boshqirdcha: Башҡортостан), Boshqirdiston Respublikasi (boshqirdcha: Башҡортостан Республикаһы) – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Federatsiya subyekti hisoblangan respublika. Rossiyaning Yevropa qismida hamda Osiyo qismida joylashgan respublika, Janubiy Uralda, Uraloldi va Uralortidagi tekisliklarda joylashgan. Maydoni 143,6 ming km². Aholisi 4 mln. 110,3 ming kishi (1999). Boshqirdistonda 54 tuman, 20 shahar va 41 shaharcha bor. Poytaxti – Ufa shahri