Boyniyoz Qayipnazarov | |
---|---|
Asl ismi | Bayniyaz Qayıpnazarov |
Tavalludi |
25-avgust 1916-yil |
Vafoti |
21-yanvar 2001-yil (84 yoshda) Nukus, Qoraqalpogʻiston |
Ijod qilgan tillari | Qoraqalpoq tili |
Taʼlimi | M. Gorkiy nomidagi adabiyot instituti |
Janr | sher |
Mukofotlari |
Berdaq nomidagi davlat mukofoti Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Jasorat medali |
Turmush oʻrtogʻi | Biybijon Asanova |
Bolalari |
Savlahon Ulzoda Zira Maqsad Gulshod Raʼno Janna |
Onasi | Guljamila |
Boyniyoz Qayipnazarov (1916-yil 25-avgust, Chimboy tumani) — qoraqalpoq xalq shoiri. Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1956). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941–1945). 1946—1966-yillarda maktabda oʻqituvchi, jurnal va nashriyotda muharrir, „Qoraqalpogʻiston“ nashriyoti badiiy adabiyot boʻlimida katta muharrir (1967-yildan) boʻlib ishlagan. „Oltin kuz“ (1952), „Qizil gul“ (1959), „Mening baxtim“ (1966), „Vatanim“ (1970), „Guldasta“ (1974) kabi toʻplamlarida qoraqalpoq xalqining hayoti aks etgan. „Orol ovozi“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr etilgan (1959). Sh. Rashidovning „Kashmir qoʻshigʻi“ asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan[1].