Britaniya imperiyasi British Empire imperiya | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori «Dieu et mon droit» (oʻzbekcha: «Xudo va mening huquqlarim») | |||||||||
![]() 1919-yilga kelib Britaniya Imperiyasining hududlari | |||||||||
Poytaxti | London | ||||||||
Yirik shaharlari | London, Dehli, Sidney, Monreal | ||||||||
Til(lar)i | Ingliz | ||||||||
Pul birligi | Funt sterling | ||||||||
Maydoni | 41 200 500 km² (1922) | ||||||||
Aholisi | 458 000 000 kishi (1922-yilgi Yer shari aholisining 24%) | ||||||||
Boshqaruv shakli | Konstitutsion monarxiya | ||||||||
Monarx | |||||||||
- | Buyuk Britaniya monarxlari roʻyxati | ||||||||
Britaniya imperiyasi (inglizcha: British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat[1]. XX asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni 41,2 mln. km² (shundan 8 millioni aholi yashamaydigan yerlar) egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining chorak qismiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica (Paks Britanika) natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi.
Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllana boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (qarang Hamdoʻstlik)[2].