British Board of Film Classification („Britaniya film klassifikatsiyasi kengashi“) yoki BBFC — 1912-yilda kino sanoati tomonidan tashkil etilgan nodavlat tashkilot boʻlib, Buyuk Britaniyada filmlar va videooʻyinlarning milliy klassifikatsiyasi/tasnifi va senzurasi uchun mas’uldir. Bu tashkilot dastlab British Board of Film Censors („Britaniya kino senzuralari kengashi“) deb atalgan.