Buta — tagidan bir-biriga teng tana (poya) larning oʻsib chiqishi hamda past boʻlishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladigan oʻsimliklarning hayotiy shakli. Boʻyi yarim metrdan past boʻlgan, shoxlari yogʻochlangan kalta oʻsimliklar butacha deb ataladi.