Changan Automobile

Ushbu maqola Chang'an Automobile haqidadir. soʻzining boshqa maʼnolari uchun [[|bu yerga]] qarang.
Chang'an Automobile (Group) Co., Ltd.
Turi Davlat mulki
Tarmogʻi Avtomobilsozlik
Egasi China South Industries Group
Qachon asos solingan 1862 (162 yil avval) (1862)
Hududiy xizmati Butun dunyoda
Mahsulot(lar)i Avtomobillar
Shoʻba korxonalari Changan UK R&D Centre Ltd.
Vebsayti globalchangan.com

Changan Automobile (Group) Co., Ltd. (xitoycha: 重庆长安汽车股份有限公司)[1] — Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlib, qarorgohi Chongqingda (Xitoy) joylashgan boʻlib, davlat korxonasi hisoblanadi.[2] Uning asosiy faoliyat turi yengil avtomobillar, mikroavtobuslar, tijorat avtomobillari va yengil yuk mashinalari ishlab chiqarishdir.[3]

Changan, Changan savdo belgisi ostida sotiladigan yengil avtomobillar va Chana brendi ostida sotiladigan tijorat transport vositalarini dizaynini ishlab chiqadi, rivojlantiradi, ishlab chiqaradi va sotadi. U Ford (Changan Ford), Groupe PSA (Changan PSA), Mazda (Changan Mazda) va Suzuki (Changan Suzuki) bilan birgalikda Xitoy bozorida Ford, DS avtomashinalari, Mazda va Suzuki markali yengil avtomobillar ishlab chiqaradi. U shuningdek, Jiangling Motor Corporation guruhi (JMCG) va Aiways bilan Landwind markasi ostida sotiladigan SUV ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonasiga ega.

Changan Xitoyning „Katta Toʻrtlik“ (SAIC Motor, FAW Group va Dongfeng Motor Corporation bilan birgalikda) ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi,[4] va 2016-yilda 3 million dona ishlab chiqarilgan ushbu kompaniya Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida ishlab chiqarish hajmi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi.[5] U Xitoyning ikkinchi eng mashhur avtomobil markasi, 2016-yilda 1,4 million Changan avtomobili sotilgan.[6] Changan shoʻba korxonasi, Chongqing Changan Avtomobil kompaniyasi (SZSE) Shenzhen fond birjasida roʻyxatga olingan (lekin davlat tomonidan nazorat qilinadi).[2]

  1. Chana > Contact Us > Dealer Application Chana Official Site (Web Archive)
  2. 2,0 2,1 China rolls out own hybrid car reuters.com, Sat 15-dekabr 2007-yil 1:44am EST
  3. Chinaʼs Changan unveils new car logo in brand drive reuters.com, Sun 31-oktabr 2010-yil 11:55am EDT
  4. New policy to encourage Chinaʼs carmaker consolidation xinhuanet.com, 2010-02-22 10:27:20
  5. „2012年12月分车型前十家生产企业销量排名“. China Association of Automobile Manufacturers (CAAM) (14-yanvar 2013-yil). 15-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2013-yil. (Wayback Machine saytida 15-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
  6. https://www.wsj.com/articles/major-chinese-car-maker-plans-electric-only-future-1508414743

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne