Checheniston yoki Checheniston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni taxminan 17 675 ming km² (Checheniston bilan Ingushiya oʻrtasidagi chegara demarkatsiya qilinmagan). Aholisi 1 mln. 500,3 ming kishi (2002). Poytaxti – Grozniy shahri. Maʼmuriy jihatdan 17 tuman va 7 shaharga boʻlinadi.[1]