Chortoq tumani

Chortoq tumani
Чартакский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Chortoq
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Chortoq tumani xaritada
41°4′8″N 71°48′55″E / 41.06889°N 71.81528°E / 41.06889; 71.81528

Chortoq — Namangan viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Gʻarbdan Yangiqoʻrgʻon, janubiy, janubi-sharqdan Uychi tumanlari, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,36 ming km2. Aholisi 199.8 ming kishi (2020). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alixon, Bogʻiston, Gulshan, koʻshan,

Tabiati

Chortoq tumani Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubidan shim.ga 300 m dan 1500 m gacha. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlari bor. Iqlimi kontinental; yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvarda — G dan −4° gacha, iyulda 25-26°. Eng past temperatura qishda −29°, yozda eng baland temperatura 40°. Yiliga 300-400 mm yogin tushadi (koʻproq qishda va bahorda yogʻadi). Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻadirlardan katta kichik soylar oqib tushadi. Ulardan baʼzilarida faqat yogʻingarchilik mavsumidagina suv oqib, yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismida Pochchaotasoy) va boshqa soylardan bahorgi yomgʻirlarda kuchli sel keladi va xoʻjalikka katta zarar yetkazadi. Ayrim soylarda selga qarshi selxonalar qurilgan. Soy suvlaridan sugʻorishda keng foydalaniladi. Tumanning janubiy qismidan Katta Namangan (Chortoq), janubiy chegarasidan Shimoliy Fargʻona kanallari oʻtgan. Tuproqlari, asosan, tipik boʻz tuproqlar. Qishloq xoʻjaligi ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan: efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha OʻzFA Botanika institutining tajriba uchastkasi bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqa uchraydi; suvlarida har xil baliqlar mavjud.[1]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne