Cleveland

Klivlend
Shahar
Skyline of Klivlend
Klivlend
Bayroq
Klivlend
Gerb
41°28′56″N 81°40′11″W / 41.48222°N 81.66972°W / 41.48222; -81.66972
Mamlakat AQSh
Shtat Ogayo
Okrug Kayaxoga
Hukumat
 • Mer Frenk G. Jekson (D)
Maydon 2,134 km2 (824 kv mi)
Dengiz sathidan balandligi 199 m
Aholisi
 (2011)
393,806 (US:47th)
Vaqt mintaqasi UTC-4, yozda UTC-3
Telefon kodi 216
FIPS kodi 39-16000
Klivlend xaritada
Klivlend
Klivlend

Klivlend (inglizcha: Cleveland) - AQShning Ogayo shtatida joylashgan shahardir. Kayaxoga okrugi tarkibiga kiradi. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shahar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago shaharlari bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1826), ilmiy tadqiqot markazlari, muzeylar, teatrlar bor. K.ga 1796-yilda asos solingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne