Complicated

„Complicated“
Avril Lavigne qoʻshigʻi
„Let Go“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 11-mart, 2002-yil(2002-03-11)
Studiya Decoy (Valley Village, Los-Anjeles)
Janr
Davomiyligi 4:04
Leybl Arista
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) The Matrix
Avril Lavigne xronologiyasi
Complicated
(2002)
„Sk8er Boi“
(2002)
Klipi
„Complicated“ YouTubeda

Complicated“ kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Avril Lavigne ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Let Go (2002) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2002-yilning 11-martida albomning asosiy singli oʻlaroq Arista Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Lavigne va The Matrix jamoasi (Lauren Christy, Scott Spock va Graham Edwards) yozgan. Musiqiy jihatdan „Complicated“ pop-rok janridagi qoʻshiqdir[2].

„Complicated“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Ashula Billboard Hot 100 xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. AQShning oʻzida 1,1 million nusxada sotilgan. Bundan tashqari, tarona Billboard Adult Top 40 xit-paradida ketma-ket oʻn olti hafta davomida birinchi poʻgonanani egallab turgan. Xalqaro miqyosda „Complicated“ Avstraliya, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Norvegiya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarilgan. Yigirmadan ortiq davlat xit-paradlarida esa eng yuqori beshtalik safidan oʻrin olgan. Shuningdek, ashula „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi ayol pop ijrosi“ nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan.

  1. Music, All „Avril Lavigne - Complicated (Reviews, Songs & More)“. AllMusic (2025-yil 10-mart). Qaraldi: 11-iyul 2022-yil.
  2. „The 50 Greatest Minivan Rock Songs“. Billboard. Qaraldi: 2-may 2020-yil. „A mellow and grungy debut single that introduced Avril Lavigne — a then-rising pop-punk rocker — to the world as an antidote to the then-dominant bubblegum pop, and previewed her first album Let Go.“{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne