Asl nomi | Priročnik za klatenje |
---|---|
Muallif(lar) | Slavko Pregl |
Tarjimon(lar) | Husan Roʻzimatov |
Til | sloven |
Janr(lar)i | ertaklar va hikoyalar |
Nashr etilgan sanasi | 1977 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1986 |
Sahifalar soni | 72 |
„„Daydi“lar uchun dastur“ (slovencha: Priročnik za klatenje) — sloveniyalik yozuvchi Slavko Pregl qalamiga mansub ertaklar va hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1977-yil chop etilgan toʻplam maktabgacha yoshda boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Toʻplamda maktab va maktabdan tashqarisidagi hayot haqida hikoya qilinadi[1].
Asar bir necha tilga, jumladan, rus va oʻzbek tillariga tarjima qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga rus tilidan Husan Roʻzimatov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Original toʻplamga 24 hikoya kiritilgan boʻlib[2], ruscha va oʻzbekcha tarjimalarga ularning barchasi kiritilmagan.