Dazmol

Zamonaviy elektr dazmol.

Dazmol kiyimlar gʻijimini tekislash uchun ishlatiluvchi maishiy buyumdir. Bunday tekislash jarayoni dazmollash deyiladi. Dazmollashdan avval dazmol qizdiriladi.

Dazmol — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b.ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn zavodlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan D.ning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr D. ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va shnurdan iborat. Baʼzi elektr D.lar issiqlik darajasini uzgartiradigan (termorostlagichli) (mas, 700 Vt — 1000 Vt li) qilib ishlab chiqariladi. Baʼzi D.larda dazmollanadigan joyni hoʻllab turadigan suv "kosacha" boʻladi. Tikuvchilik f-kalari, maishiy korxonalarda maxsus(ogʻirroq va quvvatliroq) D.lar va dazmollash presslari ishlatiladi. Koʻnchilikda ishlatiladigan D. 90—100° gacha qizdiriladigan plita va unga terini qisadigan rolikdan iborat.

D. qadimdan maʼlum. 11-asrda Oʻrta Osiyoda D. andavaga uxshash temir asbob boʻlib, uni oʻtda qizdirib, kiyimning chok va bahyalarini bostirganlar, sirtini silliqlaganlar. Keyinchalik, olov D. paydo boʻlgan. U paytlarda D.ni utuk (otuk) deb atashgan (M. Koshgariy "Turkiy suzlar devoni", T., 1960). Hozir ham Xorazm, Samarqand viloyatlarida xalq D.ni utuk deb yuritadi.[1]

Dazmollashda mato tolalarini tashkil etuvchi polimer molekulalarining bogʻlari kuchsizlanishi xossasidan foydalaniladi. Kengaygan mato dazmol vazni ostida kerakli (ushbu holda yassi) shaklga kelib, sovutilganda shu shaklni saqlab qoladi. Baʼzi mato (masalan, paxta) polimer bogʻlarini zaiflashtirish uchun suv kerak boʻladi. Ayrim matolar (masalan, neylon) esa dazmollashni deyarli yoki umuman talab qilmaydi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne