Diskretlik

Diskretlik (lotincha: discretus — ajra-tilgan, uzlukli) — 1) muayyan hodisa, jarayon, tizim va B.ning uzlukliligi, uziluvchanligi; uzluksizlikka qaramaqarshi qoʻyiladi. Mas, fizika va kimyoda D. material tuzilishining donadorligini, atomlardan iboratligini bildiradi. Fan tarixi va ijtimoiy hayot D. bilan uzluksizlikning birbiriga qaramaqarshiligini emas, balki uygʻunligini, bir-biriga bogʻliqligini ham tasdikdaydi (qarang Uzluksizlik va uzluklilik); 2)matematikada — butun sonlar tizimi haqiqiy sonlar tizimiga nisbatan uzlukli (diskret) hisoblanadi (qarang Uzluksizlik funksiyasi). Mas, agar nuqtalar toʻplami limit nuqtaga ega boʻlmasa, bunday toʻplam D. xossasiga ega hisoblanadi.


From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne